San’at va madaniyat masalalari yoshlar nigohida


So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, yoshlarning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning innovatsion loyihalari hamda g‘oyalarini ishlab chiqarishga joriy qilish kabi muhim masalalarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistrantlarining “San’at va madaniyat masalalari yoshlar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada madaniyat va san’at sohasini bugungi kun talablari darajasida rivojlantirish, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, xalqimizning madaniyatini, ma’naviyatini hamda dunyoqarashini oshirishda sadoqat bilan xizmat qiluvchi kadrlarni tayyorlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Magistrantlarning ilmiy tadqiqot faoliyatlari yuzasidan amalga oshirgan ishlari ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar orasida atroflicha muhokama qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya yakunida yangilanayotgan O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini ilmiy tadqiqotlar asosida rivojlantirish, milliy madaniyatimizni takomillashtirish, moddiy – madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, yurtimizning jahon hamajamiyatiga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, millatlararo muomala madaniyatini shakllantirish, yoshlarni yuksak ilm-ma’rifat egalari qilib tarbiyalashda har birimiz mas’ul ekanligimiz, vatanimizning porloq kelajagi yosh olimlar faoliyatiga bog‘liq ekanligi alohida ta’kidlandi

 

Kamoliddin Umarov,
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti magistranti.