Mahorat darslari

Mahorat darslari

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qoshidagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi “Baxshichilik san’ati” yо‘nalishi tinglovchilari uchun 5 fevral kuni О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent Rustam Abdullayev “Xalq ashula va raqs turkumlarining paydo bо‘lishi”, tarixi, tarkibiy tuzilishi, estetik xususiyatlari, “Buxorocha” ashula yо‘llari, folklor asarlar, dostonchilik an’analari mavzularida mahorat darsini о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Shu bilan birga, jonli ijroda о‘zbek milliy musiqa merosining noyob durdonalarini taqdim etdilar. Jonli ijro ruhiyatga xush yoqadi, qalblarimizni osoyishta va sarkashta tuyg‘ularga tarannum etadi. Mahoratli pedagog Rustam Abdullayev doimo о‘z shogirdlarini iste’dodini shakllantirishda jonli ijro imkoniyatlarini hisobga oladilar. Dostonchilik an’analarida ham bu usul albatta о‘z samarasini beradi.О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Folklor va etnografiya” kafedrasi mudiri: Oygul Ahmedova

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print