“Ruhiyat tasvirlari” “Tabiat qo’ynida”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Skameyka. Kitob. Favvora.
Bir yigit. Go’zal qiz. Muhabbat.
Tabassum, samimiy nigohlar.
Uzuklar, barmoqlar. Bitta ahd.

Jo’ralar. Hofizlar. Musiqa.
Tabriklar. Suratlar. Chimildiq.
Soatlar. Tong sahar, supurgi.
Bir oila. Va yana bir yostiq.

Chaqaloq yig’isi. Doktorlar.
Soat uch. Va yangroq bir alla.
Qadamlar. Til chuchuk. Yil o’tgan.
Farzandlar ovozi baralla.

Ro’zg’or. Ota. Charchagan yelka.
O’y. Tun. Yostiq. Hayol ovora.
Bir yigit. Go’zal qiz. Muhabbat.
Skameyka. Kitob. Favvora.

Asadbek xabibullayev
“Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”
ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

image_pdfimage_print