Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev bugun institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari bilan uchrashdi. Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi kо‘shkda ochiq muloqot asnosida о‘tgan muloqot chog‘ida institut rektori yetakchilarning fikr mulohazalari va takliflarini tingladi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Ochiq osmon ostita samimiy kechgan uchrashuvda yetakchilar tashabbusi bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda IT park hamkorligida inkubatsion markaz tashkil etish, Madaniyat va san’at sohasi fidoiylari, ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan monument о‘rnatish, Rektorat binosida Faxriylar doskasini tashkil etish, Shaxmat va shashka ligasini tashkil qilish kabi kо‘plab takliflar bildirildi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan yosh oilalar, ota-onasi qaramog‘ida bо‘lgan talabalarni qо‘llab-quvvatlash borasida bildirilgan takliflariga shu yerning о‘zida yechim topildi.

Rektor va yoshlar uchrashuviInstitut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev ularga har tomonlama yordam berish, bandligini ta’minlash masadida ushbu talabalarni institutga ishga qabul qilishini aytdi. Institut rektori hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari bilan bо‘lib о‘tgan samimiy suhbat yakuniga kо‘ra, ana shunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil etishga kelishib olindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print