Rektor uchrashuvlari

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “Kino va televideniye rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 1-2-kurs talabalari bilan suhbat о‘tkazdilar. Mazkur suhbat chog‘ida “Kino, televideniye va radio san’ati” kafedrasi mudiri Muzaffar Qoraboyev, fakultet dekan muovini Erkin Faqirov ham ishtirok etishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Rektor talabalarning ijodiy potensialini oshirish, Prezident murojaatnomasi, ilmiy-amaliy jarayonlarga yanada kо‘proq ahamiyat berish, filmlar suratga olish, xalqaro doiradagi kо‘plab festival va konferensiyalarda ishtirok etish masalalarini о‘rtaga tashladilar. Endilikda “О‘zbekkino” Milliy agentligi bilan о‘zaro hamkorlik qilish, sohada yetuk kino san’ati mutaxassis kadrlarini yetishtirish borasida kо‘plab yangicha loyihalar ishlab chiqayotganligi borasida ma’lumotlar berildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Bо‘lajak kino va televideniye rejissyorlarimizning ijodiy faoliyatiga omadlar tilab qolamiz!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print