Raximjonov Isfandiyor rektor qabulida

Raximjonov Isfandiyor rektor qabulida
Xabaringiz bor, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida. «Bugun kelishimizdan maqsad sizlar bilan kо‘rishib, sizlarning timsolingizda barcha tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlarni bundan-da yaxshilash, iloji boricha, oiladagidek muhit, tarbiya tashkil qilish. Hamma bilan teng bо‘lib ta’lim-tarbiya olishingiz, oliygohlarda о‘qib, kasb egallashingiz, uy va ish bilan ta’minlanib, hayotda munosib о‘rin topishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz. Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon e’tiborsiz qoldirmaydi», dedi prezident.
21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan bо‘lib о‘tgan samimiy suhbat chog‘ida yoshlar yurtboshimizga imkoni bо‘lganida oliy ta’lim sohasida о‘qishni davom ettirish fikrini bildirishdi. Ulardan biri Raximjonov Isfandiyor Maxmud о‘g‘li – “Muhtaram prezident men san’at sohasiga juda qiziqaman, ayniqsa rejissyorlikka”,- dedi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga chin dildan о‘qiyman, shu sohada yetuk mutaxassis bо‘laman desa, grant hisobidan talabalikka qabul qilinishini ta’kidladi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev poytaxtimizdagi 21-mehribonlik uyiga tashrif buyurib, Raximjonov Isfandiyorga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakulteti “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishiga qabul qilinganligi tо‘g‘risidagi sertifikat, talabalik guvohnomasi, kitoblar jamlanmasi, zamonaviy planshet, qimmatbaho sovg‘alarni keng jamoatchilik oldida tantanali ravishda topshirgan edi.
Yangi о‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Ibrohim Yо‘ldoshev Raximjonov Isfandiyor bilan uchrashdi. Uning yashash sharoiti, о‘quv jarayonlariga tayyorgarligi bilan qiziqdi. U istiqomat qilayotgan talabalar turar joyida о‘g‘il-qizlar yaratilgan sharoitlar borasidagi fikrlarini sо‘radi. О‘z о‘rnida Raximjonov Isfandiyor institut rahbariyati tomonidan kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlik, talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar uchun о‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Prezidentimiz tomonidan ajratilgan davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan Raximjonov Isfandiyor uchun institut talabalar turar joyida xona ajratilib, zarur sharoitlar yaratildi. Unga kundalik ehtiyoji uchun kerakli bо‘lgan jihozlar, qattiq va yumshoq mebellar, maishiy texnikalar berildi. Institut rahbariyati Raximjonov Isfandiyorning holidan doimiy ravishda xabar olib turibdi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print