ONA VATANGA SADOQAT

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

27 yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Toshkent shahar Ichki Ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan yoshlar о‘rtasida davra suhbati bо‘lib о‘tdi. Tadbirni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev ochib berib, muhtaram yurtboshimizning 2020 yildagi parlamentga murojaatnomasi borasida kо‘plab fikrlarni keltirib, yoshlarimizni ilg‘or innovator bо‘lishga, ilm va ma’rifat taraqqiyoti yо‘lida olib borilayotgan islohotlarda faol bо‘lishga undadilar. Davra suhbati mehmonlari О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining о‘rinbosari polkovnik Rustam Xatamov, “Madaniyat” saroyi boshlig‘i, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, podpolkovnik Uchqun Tillayev sо‘zga chiqib yoshlarni ogoh bо‘lishga, ona Vatanga sodiq xizmat qilish, ilmli va ma’naviyatli barkamol avlod bо‘lib ulg‘ayish lozimligini ta’kidlab о‘tishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uzО‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
“Yoshlar – sog‘lom turmush tarzi tarafdori, “Barkamol avlod – kelajak poydevori” shiorlari ostida qizg‘in suhbat bо‘lib о‘tdi. Tadbir davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yosh xodimlar katta leytenant Xolboyeva Gulishahlo, sambo kurashi bо‘yicha Osiyo chempionati sovrindori, Jahon kubogi egasi Timur Xudoyqulov, qо‘l jangi bо‘yicha jahon kubogi g‘olibi Muhiddin Mamajonov, “Mardlik” ordeni sohibi Alisher Yusupov esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirga yig‘ilgan yoshlar taqdirlanganlarni о‘zlariga о‘rnak bilib, kelgusida ilg‘or qadamlar tashlashadi. Shu bilan birga, Ichki ishlar bosh boshqarmasining institut iqtidorli talabalari uchun maxsus sovg‘alari ham taqdim etildi.

ONA VATANGA SADOQAT
Davra suhbatidan sо‘ng, mehmonlar о‘zlarining vatanparvarlik ruhidagi qо‘shiqlarini taqdim etishdi.
Ona Vatanga sadoqat, ulug‘ insoniylik tuyg‘ulari yoshlar tafakkuri va ma’naviyatini yanada boyitadi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlariga tashrif va gо‘zal tadbir uchun minnatdorchilik bildiramiz!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print