BOLAJONLAR UCHUN SPEKTAKLLAR NAMOYISHI DAVOM ETMOQDA

BOLAJONLAR UCHUN SPEKTAKLLAR NAMOYISHI DAVOM ETMOQDA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining teatr san’ati fakulteti “qо‘g‘irchoq teatri san’ati” yо‘nalishi talabalari tomonidan Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim muassasalarida navbati bilan bolajonlar qalbida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini kamol topishida turtki bо‘luvchi, komil inson bо‘lib tarbiyalashga xizmat qiluvchi spektakllar namoyish etilayotganligi tо‘g‘risida xabar bergan edik.

Bugun navbatdagi manzil Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 8 hamda 17 – sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “urtо‘qmoq” ertagi asosida sahnalashtirilgan “ochil dasturxon” spektakli bolajonlar uchun taqdim etildi.


MTMlari bilan hamkorlikdagi spektakllar namoyishi davom etadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati