Yurtimizda ta’lim tizimida yangi o’zgarishlar

Yurtimizda ta'lim tizimida yangi o'zgarishlar

Bebaho О‘zbekistonimizda har sohada yangidan yangi о‘zgarishlar, qator islohotlar davri qizg‘in avj olmoqda. 9-10 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’lim vazirligining maxsus delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida О‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini yanada isloh qilish masalalari ilgari surildi. Tadbirda mamlakatimizning qator oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari qatnashishdi. Shuningdek, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xoliqulova ham mazkur uchrashuvda ishtirok etdilar.

Yurtimizda ta'lim tizimida yangi o'zgarishlar
О‘zbekiston Respublikasi endilikda Rossiya Federatsiyasi bilan ta’lim tizimidagi о‘zaro aloqalarini yanada kengaytiradi. Mamlakatimizda yosh va malakali kadrlar tayyorlash, har taraflama jahon standartlariga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirish vazifalari yuzasidan tizim strukturasi о‘rganib chiqildi. Shuningdek, о‘rta-maxsus ta’lim sohasini professional darajaga kо‘tarish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyatini tubdan isloh qilish borasida qator masalalar о‘rtaga tashlandi.

Yurtimizda ta'lim tizimida yangi o'zgarishlar
Ta’lim sohasi doimo rivojlantirib borilishi kerak, zero butun dunyoda bо‘layotgan yangiliklar va katta о‘zgarishlar ilm-fan tamaddunining yangi sahifalarini ochadi. Ezgu maqsadlarga bel bog‘lagan yurtdoshlarimizga omadlar tilaymiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print