O’zDSMI xodimlariga maxsus idishlarda tuxum berildi

O'zDSMI xodimlariga maxsus idishlarda tuxum berildi
Barchamiz uchun muqaddas bо‘lgan Ramazon oyida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan institutning saxovatpesha jamoasi tomonidan mazkur oliy о‘quv yurti ishchi- xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlarini ehson sifatida tarqatish ishlari davom etyapti.
O'zDSMI xodimlariga maxsus idishlarda tuxum berildi
An’anaga aylangan ushbu udumga sodiq qolingani holda  xodimlarning har biriga maxsus idishlarda 30 donadan tuxum berildi.
O'zDSMI xodimlariga maxsus idishlarda tuxum berildi
Ushbu ne’matdan shu yerda faoliyat olib borayotgan barcha ishchilar bahramand bо‘lmoqda. Bundan keyin ham “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kuni qilishi kerak” udumiga kо‘ra, xayrli tadbirga qо‘l urgan saxovatpeshe institut rahbariyati tomonidan xodimlarning dasturxoni kо‘rkiga-kо‘rk, ularning kо‘ngillariga xush kayfiyat ulashuvchi shu kabi ezgulikka yо‘g‘rilgan ishlar davom ettiriladi. Zero, shunday muqaddas kunlarda qilingan hech bir ezgu amal besamar ketmaydi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print