O’zDSMI xodimi “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O'zDSMI xodimi “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Xabar berganimizdek, joriy yilning 19-21 may kunlari poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiyasi bo‘lib o’tadi.
O'zDSMI xodimi “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev ishtirok etmoida.
Xalqaro konferensiya doirasida 19 may kuni о‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshgan,о‘zining fidokorona mehnati va faoliyati bilan boshfalarga о‘rnak bо‘lgan soha xodimlaridan bir guruhi “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O'zDSMI xodimi “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazi rahbari T.A.Kо‘ziyevaga ham uzoq yillar qilgan samamarali mehnatlari inobatga olinib, “Axborot-kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni berildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print