O’zDSMI professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi

O'zDSMI professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi
2021 yil 2 aprel kuni Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi.
O'zDSMI professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi
Kafedra professor-o‘qituvchilari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Madaniyat saroyiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad Madaniyat saroyi faoliyati bilan tanishish, muassasa va kafedra o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishdan iborat. Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar.
O'zDSMI professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi
Madaniyat saroyida hozirda 27 ta to‘garak faoliyat yurityapti. Ushbu to‘garaklarda 580 nafar yosh ishtirok etmoqda, deydi madaniyat saroyi direktor o‘rinbosari Ulug‘bek Amanov.
O'zDSMI professor-o‘qituvchilari Olmaliq shahrida bo‘liishdi
Tashrif yakunida professor-o‘qituvchilar Olmaliq shahridagi yoshlardan tashkil topgan ”Ufq” havaskorlik teatr jamoasi tomonidan ijro etilgan ‘To‘da’ spektaklini tomosha qildilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print