O’zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi

O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti prorektorlari, dekanlari, bо‘lim boshliqlari institut rektori Ibrohim Yо‘ldosheving topshirig‘iga kо‘ra, poytaxtimizdagi INHA universitetiga tashrif buyurdi.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Maqsad– bu yerda о‘quv jarayonlariga zamonaviy axborot- kommunakatsiya tizimlarini joriy etishdagi tajribalar bilan о‘rtoqlashish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish, integralllashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning yagona tarmoqlarini joriy etish, ulardan foydalanishdagi jarayonlar bilan yaqindan tanishish. Dastlab О‘zDSMI vakillariga mutaxassislar tomonidan INHA universitetidagi xalqaro kredit tizimiga asoslangan о‘quv jarayonlari, uning о‘ziga xos jihatlari, talabalarga fanlarni о‘zlashtirishdagi faolligi uchun beriladigan imtiyozlar, uning afzalliklari borasida ma’lumotlar taqdim qilindi.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Shundan keyin inkubatsion va akseleratsion markaz haqida kо‘rgazmali chiqishlar orqali tushunchalar berildi. Bu yerda talabalarning yangi g‘oya, innovatsiyalari, startap loyihalari amalga oshiriladi. Inkubatsion loyihalar asosan IT ga yо‘naltirilgan.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Markazda yiliga 15 ga yaqin loyihani amalga oshirish, 50 ga yaqin rezidentni ishga joylashtirishni maqsad qilingan. Shu yerning о‘zida universitetni raqamlashtirish, mobil ilova, universitetning menejment tizimi borasida kо‘rgazmali taqdimotlar о‘tkazildi.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
О‘zDSMI vakilining jurnal, vedomostning qog‘oz varianti borasidagi savoliga INHA universiteti mutaxassisi tomonidan bu yо‘nalishdagi ishlarning barchasi elektron shaklda olib borilishi va ularning barchasi elektron bazaga kiritilgan bо‘lib, о‘quv jarayonlari Koreyadan boshqarilishini, uning afzalliklari haqida aytib о‘tildi.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Jamoatchilik bilan aloqalar bо‘limi vakili tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga kо‘ra, bugungi kunda ushbu bо‘limda 5 kishi faoliyat olib boradi. Ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanalga joylashtirilgan materiallar bir-birini qaytaradi.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Materiallar 3 tilda bо‘lib, asosiy shtatdagi xodimlardan tashqari yana tarjimonlar shartnoma asosida jalb qilinadi. Shundan keyin О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari talabalar uchun dars jarayonlari olib boriladigan, zamonaviy monoblok kompyuterlar bilan jihozlangan kompyuter laborotoriyasi, sо‘nggi texnologiyalar asosida faoliyat olib borayotgan Axborot- resurs markazi, ma’ruzalar zali,telestudiya, nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlangan fizika laborotoriyasi faoliyati bilan tanishdilar.Nazariya va amaliyotni mutanosib olib borilishi о‘z samarasini berib, universitet talabalarining ish bilan ta’minlanishi 100 foizni tashkil etmoqda.
O'zDSMI jamoasining Toshkentdagi INHA universitetiga tashrifi
Aniqrog‘i, talabalar amaliyotni о‘tash jarayonida hali о‘qiyotgan paytdayoq ish beruvchilar tomonidan korxonalarga ishga taklif qilinadi. Qayerda faoliyat olib borishni esa talaba tanlaydi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print