О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Talabalar uchun zarur sharoitlar

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida 1-talabalar turar joyida yashovchi talabalarning qulayliklari uchun kо‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, har bir xona uchun 200 dona ortoped yotoq matraslari olib kelindi. Xona chiroqlari yangi, yanada yorug‘, tejamkor lampochkalarga almashtirildi. Koridor va foyelar bо‘yoq qilinib, xona gullari uchun ham naqshinkor tagliklar qо‘yildi.

Endilikda talabalar turar joyi yanada kо‘rkamlashib, о‘zgacha fayz ochdi. Barcha talabalar institut rahbariyatidan cheksiz minnatdor. Yangi sharoitlar 2020 yil bilan yangicha shukuhda, ijodkorlarga kerak bо‘ladigan ilhomiy lahzalar va kayfiyatlar bilan tashrif buyurdi. Betakror san’at asarlarini yaratishda berilgan shart-sharoit muhim о‘rin tutadi. Zero, institut bag‘rida yashab, dars mashg‘ulotlariga faol qatnashish, yotoqxona oqshomlaridagi gurunglar shirin diydorni unutilmas lahzalarga jo etadi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati