TIL – DIL KO’ZGUSI

TIL - DIL KO'ZGUSI

Bu yili 21 oktabr О‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil tо‘lishi munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Til – dil kо‘zgusi” nomli badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi. Bebaho о‘zbek tilining boy merosi, asrlar qa’ridagi qaddi va rivoji kо‘ksimizni faxrga tо‘ldiradi. Tadbir avvalida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib, jonajon tilimizning boyligi, muhtaram yurtboshimizning bu borada amalga oshirayotgan islohotlari xususida gapirib о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Shundan sо‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi. Institutning iste’dodli talabalarining mahoratli ijrolari sahnani tо‘ldirdi.
Talaba Dilmira Xо‘jaqulovaning Sadoyi sо‘zi bilan yozilgan “Hanuz” ashulasi betakor yangradi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xoliqulova ijrosida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan parcha yangradi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Talaba Zuhriddin Shukrullayevning “Mustahzod” jonli ijrosi sahnani larzaga keltirdi. Dilmurod Xudoyberdiyevning shoir Bobur Bobomurod qalamiga mansub “Vatanni sotdingmi, dо‘stim!” she’riy kompozitsiyasi nihoyatda ta’sirli yangradi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Tadbir davomida “Ona tilim” she’rlari 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi о‘quvchilari ijrosi, Mahoratli pedagog Isoqtoy Jumanov asari asosidagi “Til mashqi mashmashalari”, Muhammadali Pishenbayevning qoraqalpoq tilidagi “Ana tilime” she’ri, talabalar ijrosidagi hikmatli sо‘zlar kompozitsiyalari ijro etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ayniqsa, bayram kechasining final qismida “Tarixiy siymolar” kompozitsiyasi, pedagog Ernazar Yorbekov ijrosida о‘qilgan “Ona tili” nomli maxsus videorolik taqdim etildi. Tadbir sо‘nggida Sardor Shavkatov ijrosida “Xumori bor bu yurtning” qо‘shig‘iga barcha jо‘r bо‘ldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ona tilimizning gо‘zal jarangi, bebaho qadri asrlar umrida yashasin. Barcha vatandoshlarimizga bayram muborak bо‘lsin!

 

О‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print