О‘zDSMIda “Oriyat” spektakli namoyish etildi

О‘zDSMIda “Oriyat” spektakli namoyish etildi

Teatr inson taqdiri va uning kechinmalari jonli tarzda kо‘rsatib beriladigan sahna ekan, unda aktyorlar xuddi hayotdagidek yashaydi, dramatizm ichida о‘zaro harakatlanadi. Mamlakatimizda teatr san’ati taraqqiyotiga yanada katta hissa qо‘shish maqsadida ulkan qadamlar bosilmoqda. Shunday muhim bir davrda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali doirasida “Teatr san’at” fakulteti “Musiqali teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabalarining “Oriyat” nomli ikki pardali musiqali dramasi namoyish etildi. Muallif va kursning badiiy rahbari Nasrullo Qobil, postanovkachi rejissyor Farhod Farmonov, sahna nutqi о‘qituvchisi Ramziddin Qodirov, rassom Alisher Tо‘laboyev jonli spektaklni havola etishdi.
Urush va ocharchilik yillarining qahrli alamlari, hayot sinovlarining inson bardoshini chig‘iriqdan о‘tkazishi, adolat va baxt haqidagi asarda Dostonbek Zohidjonov, Zuhra О‘rinboyeva, Javlon Xatamov, Ilyosxon Ibrohimov, Faxriyor Rizvonov, Laylo Shorasulova, Muzaffar Ne’matov va boshqa kursning mahoratli talabalari о‘ziga xos rollarni ijro etishdi.
Personajlar xarakteriga monand jonli ariyalar kuylanib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Spektakldagi jonli raqslar va xor ashulalari ham asar badiiy qiymatini ochib berdi. Bunda dirijyor Akmal Tо‘rayev, xormeyster Olimjon Komiljonov, raqs о‘qituvchisi Olga Antolyeva, vokal о‘qituvchilar Baxrullo Lutfullayev, Sherzod Pirmatov, Azamat Sharipov, Rudakiy Allanboyev, Dilmurod Uzoqov kabilar о‘z ishiga professional tarzda yondashishgan.
О‘zDSMIda “Oriyat” spektakli namoyish etildi
“Oriyat” spektakli haqiqatan, “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali dasturi va talabiga muvofiq musiqali drama teatr aktyorligi yо‘nalishi talabalarining tо‘rt yillik olgan bilimlari va mahoratlarini sahnaga olib chiqa oldi. Ayniqsa, musiqaviy notalarning dramadagi jarangi, aktyorlar holat va vaziyatlarni his eta bilishi, konflikt va tо‘qnashuvlarning kuchli ifodalanganligi asar g‘oyasini ochib berdi.
О‘zDSMIda “Oriyat” spektakli namoyish etildi
Kо‘rik festival mobaynida institut Yoshlar ittifoqi yetakchilari Bobur Ubaydullayev boshchiligida faol bо‘lishmoqda. Turli uchrashuvlar, tadbirlar va mahorat darslari о‘tkazilib, kitobxonlik sayllari davom etmoqda.
Ijodkor yoshlarga omadlar tilab qolamiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti

image_pdfimage_print