Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi

Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvni institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev olib bordi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
Xabaringiz bor, joriy yilda Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari о‘rtasida “Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovi bо‘lib о‘tdi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-bosqich talabasi Shohida Shovqiyeva “Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovida pedagogika, psixologiya yо‘nalishi bо‘yicha faxrli 1-о‘rinni, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi Doston Hamidov esa “Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovida madaniy siyosat yо‘nalishi bо‘yicha faxrli 1-о‘rinni qо‘lga kiritib, har ikkala talabamiz ham birinchi darajali diplom hamda, kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
Dastlab ushbu tanlov g‘oliblariga diplom va kо‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan keyin sо‘zga chiqqan Bahodir Amedov madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida tо‘xtaldi va bugungi yoshlarni ushbu kasbga sadoqat bilan yondashishga chaqirdi.Umrning har lahzasidan samarali foydalanish haqida gapirdi.Qalb pokligi oliy qadriyat ekanligini aytdi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
Ustoz san’atkorlar tomonidan yaratilgan boy madaniy,ma’naviy meros, О‘zbekistonda kino sohasida yaratilgan maktabni kelgusi avlodlarga yetkazish bora fikr-mulohazalarini bildirdi. Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda Bahodir AhmedovО‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini munosib kutib olish, ushbu tadbirda institut talabalari ham faol qatnashishi borasida ular oldida turgan vazifalarga e’tiborni qaratdi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
Sо‘zga chiqqan Rustam Shamsiddinov davlat tadbirlarini tashkil etish borasida institut jamoasining fikri bilan qiziqdi. Ushbu jarayonlarda talabalarni ham faol ishtirok etishga chaqirdi. Kelgusida xorijiy davlatlarda о‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarni о‘rganish, jarayonlarni bevosita kuzatish maqsadida yoshlarni chet ellarga jо‘natish rejasi borligini aytdi.
Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Bahodir Ahmedov, О‘zbekiston respublikasi san’at arbobi Rustam Shamsiddinovlar ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi
Uchrashuvda О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab о‘tkaziladigan tadbir uchun talabalar о‘rtasida “Eng yaxshi ssenariylar muallifi” tanlovini о‘tkazish taklifi berildi. Ochiq, samimiy tarzda kechgan uchrashuvda davlat tadbirida ssenariysidan foydalanilgan talaba 10 million sо‘m miqdoridagi pul mablag‘i bilan rag‘batlantirilishi e’lon qilindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print