O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Eldor Tursunov Bo’zatovda bo’lib o’tgan festivalda “Milliy ijrochilik va baxshichilik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bo‘zatov iqtidorlari kashf etildi!!!

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Eldor Tursunov Bo'zatovda bo'lib o'tgan festivalda "Milliy ijrochilik va baxshichilik" yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tgan Respublika Yoshlar ovozi festivaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 87 nafar isteʼdodli yoshlar “Estrada”, “Milliy ijrochilik va baxshichilik”,” Opera” yo‘nalishlari bo‘yicha final bosqichida o‘z isteʼdodlarini namoyon etishdi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti 4-kurs talabasi Eldor Tursunov ham “Milliy ijrochilik va baxshichilik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 000 000 so‘m pul mukofoti sovrindori bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti jamoasi nomidan Eldor Tursunovni ushbu g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi o‘qishlari, ijodida ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz!!!

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print