О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba dissertatsiya ishini himoyasi bo’lib o’tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba dissertatsiya ishini himoyasi bo'lib o'tdi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi о‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari tо‘g‘risida” gi farmoni 16-bandi ijrosi yuzasidan “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi tо‘g‘risidagi nizom” va “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tо‘g‘risidagi nizom” asosida OAK rayosatining 2020-yil 28-avgustdagi 285/3-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan edi.
Shunga muvofiq, joriy yilning 24 iyun sanasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba talabgor Abduvohidov Faxriddin Meligaliyevich “Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini himoya qildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba dissertatsiya ishini himoyasi bo'lib o'tdi
Ibrohim Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan Iimiy kengashda Abduvohidov Faxriddin Can’atshunoslik fanlari nomzodi, professor v.b., Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi Rizayev Amanulla ilmiy rahbarligida tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba dissertatsiya ishini himoyasi bo'lib o'tdi
E’tirof etilganidek, viloyat musiqali drama teatrlarining shakllanish va rivojlanish bosqichlarining asosiy yо‘nalishlari, rejissyorlik va aktyorlik sohasida tо‘plagan tajriba va an’analari, yangi davrda yuzaga kelgan ijodiy tendensiyalarni aniqlash, teatrlarning repertuar tanlash prinsipi, mualliflarni kashf qilish, jamoaga yosh ijodkorlarni singdirishdagi izlanishlari asos qilib olingan.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy, madaniy-tarixiy, nazariy va metodologik omillar kesimida aniqlash tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.urxondaryo teatrining vujudga kelishidan to bugunga qadar asosiy rivojlanish bosqichlarini aniqlash bо‘yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
– teatrning professional aktyor, rejissyor va rassom bilan ta’minlash,
– repertuarni milliy va jahon dramaturgiyasi bilan boyitish, yosh malakali kadrlarni jalb qilish, respublika va xalqaro teatr festivallarida ishtirok etish, mahalliy dramaturglarni kashf qilish va boshqa sohalarda yetakchi teatrlardan biri ekanligini asoslash;
– rejissura, aktyorlik san’ati, ssenografiya, repertuar tanlash, dramaturglarni kashf etish, gastrol faoliyatini shakllantirish jarayonlarini aniqlash;
– mustaqillik davrida yaratilgan spektakllarning mavzu, janr va uslubiy о‘ziga xosliklarini asoslash;
– tarixiy mavzudagi hamda milliy va jahon klassik dramaturgiyasini sahnalashtirishda yuzaga kelgan an’ana va zamonaviy tendensiyalarni aniqlash;
– tadqiqot natijalari asosida teatr faoliyatida shakllangan ijobiy an’analarni saqlash, yangi zamonaviy tendensiyalarni rivojlantirish bо‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Dissertatsiya ishi himoyasida Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining vujudga kelishi, rivojlanish jarayonlari hamda taraqqiyot bosqichlari о‘zbek sahna san’atining ajralmas tarkibiy qismi sifatida uzviy aloqadorlikda kechganligi asoslab berilgan,
tarixiy va mumtoz asarlarni sahnalashtirishda yuzaga kelgan an’ana va zamonaviy tendensiyalar aniqlangan,
sahnada zamondosh obrazini yaratish bо‘yicha tajriba va izlanishlar natijalari asoslangan,
teatrning О‘zbekiston sahna san’ati rivojidagi о‘rni va ahamiyati ilmiy asoslab berilgan.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashda ilk marotaba dissertatsiya ishini himoyasi bo'lib o'tdi

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan mazkur dessertatsiya ishi bо‘yicha mavzuga doir savollar va takliflar berildi hamda himoyachi tomonidan har bir savolga ilmiy asoslangan holda batafsil javoblar qaytarildi.
Himoya ishi yakuniga kо‘ra О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qoshida tashkil etilgan ilmiy kengash raisi va a’zolari tomonidan institut tarixida ilk marotaba о‘tkazilgan Abduvohidov Faxriddin Meligaliyevichning mazkur dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Abduvohidov Faxriddin Melgaliyevichning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bо‘yicha “Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferati OAKning barcha talablariga javob beradi va tadqiqotchini san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb e’tirof etildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print