О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi

О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi“ kafedrasi professori О‘rozali Toshmatov muborak 65 yoshni qarshiladi.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
О‘rozali Toshmatovning salkam 45 yillik ijodiy faoliyati davomida respublikamiz san’ati va madaniyati sohasini rivojlantirishga qо‘shgan hissasi,О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidagi kо‘p yillik pedagogik faoliyatida san’at sohasida iste’dodli kadrlarni tayyorlashdagi mehnatlari yuksak qadrlanib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrigi yuborildi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
Ushbu kо‘krak nishonini Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Jamol Nosirov О‘rozali Toshmatovga tantanali ravishda topshirdi.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
– “Siz salkam 45 yillik takrorlanmas ijodiy faoliyatingiz davomida respublika san’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga о‘z hissangizni qо‘shib kelmoqdasiz. Ana shu davr ichida Madaniyat vazirligi markaziy apparati va respublika tizim tashkilotlarida faoliyat olib borib, kо‘plab ijodiy ishlarni mohirona boshqarib, ayniqsa nomoddiy madaniy meros muhofazasiga katta e’tibor qaratib kelmoqdasiz … Sizning madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish yо‘lida olib borayotgan serqirra ijodiy ishlaringiz barchamiz uchun ibrat namunasi bо‘lib xizmat qiladi,-deyiladi О‘zbekiston respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning О‘rozali Toshmatovga 65 yoshini nishonlashi munosabati bilan yо‘llagan tabrigida.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev О‘rozali Toshmatovning institutda olib borayotgan faoliyati, mamlakatimiz san’at sohasi taraqqiyotiga qо‘shgan xizmatlarini yuqori baholadi.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
Ibrohim Yо‘ldoshev mehribon ustoz, talabchan pedagogga bundan keyingi faoliyatida muvoffaqiyatlar tiladi va institut jamoasi nomidan qimmatbaho sovg‘ani topshirdi.
Tadbirda izlanuvchan murabbiy sha’niga iliq sо‘zlar aytildi.
О‘rozali Toshmatov 65 yoshni qarshiladi
О‘rozali Toshmatovning talabalarga bilim berishdagi о‘ziga xos jihatlari yana bir bora e’tirof etildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print