“Nihol” mukofoti sovrindorlari

"Nihol" mukofoti sovrindorlari

“NIHOL 2019” DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORLARI

Samarali mehnat, yorqin natijalar, haqiqiy san’at va mahorat mukofotga loyiq. Gо‘zal ona Vatanimizda 2000 yildan buyon an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Nihol” davlat mukofotining kо‘rik-tanlovi ham estrada, musiqa, mumtoz qо‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati kabi yо‘nalishlarda faol ijod qilib kelayotgan iste’dodli yoshlarga topshiriladi. Bu yili О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik shodiyonasi arafasida 29 avgust poytaxtimizning kо‘rki bо‘lmish muhtasham “Xalqlar dо‘stligi” san’at saroyida “Nihol 2019” marosimi tantanali ravishda bо‘lib о‘tdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2 nafar talabasi mazkur mukofotni qо‘lga kiritishdi.

"Nihol" mukofoti sovrindorlari
Shulardan birinchi sovrindor Anvar Mirzayev 1994 yili Samarqand viloyatining Tayloq tumanida san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Ilk musiqa ta’limini 5-sinfligida R.Glier nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida olgan. 2014 yili Rossiyada “Zolotoye kolso” musiqa tanlovida g‘oliblikni qо‘lga kiritgan. Shu yili О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirib, davlat granti asosida “Musiqali teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishiga о‘qishga qabul qilindi.
“Men doim san’atni sevaman va ardoqlayman. Shu darajalarga yetishimda ustozlarim О‘zbekiston san’at arbobi Timur Mahmudov, pedagoglar Gulbahor Mansurova, Sherzod Pirmatov, Nasrullo Qobilov, Ramziddin Qodirov, Gulshan Muhammedovaning hissalari katta bо‘lib, ularga cheksiz minnatdorchiligimni izhor etaman. Xudo xohlasa, kelgusida о‘zbek musiqa san’atini dunyoga yanada tarannum etaman! Shu о‘rinda, ezgu maqsadlar sari ilg‘or qadam tashlashimizga kamarbasta bо‘layotgan muhtaram yurtboshimizga cheksiz minnatdorchiligimni izhor etaman!”, – deydi “Nihol 2019” mukofoti “Estrada san’ati” yо‘nalishi sovrindori Anvar Mirzayev.

"Nihol" mukofoti sovrindorlari
Hozirda yosh xonandaning repertuaridan “О‘zbekistonim”, “Ota”, “Vorislarmiz munosib” kabi qо‘shiqlar о‘rin olgan, uning ilk ijod mahsuli “Vatan uchun” deb nomlanib, О‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid she’ri, mahoratli kompozitor Musaxon Nurmatov musiqasi bilan yozilgan. Anvar Mirzayev 2015 yili “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika kо‘rik tanlovida faxrli 3-о‘rinni egallagan. Institutdagi о‘qishlari a’lo, gо‘zal xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ustozlar e’tirofiga tushgan о‘zbek о‘g‘loni davlat mukofotiga ham erishdi. Anvar Mirzayevga kelgusi ijodida bundanda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ikkinchi sovrindor Ahror baxshi Xushvaqtov 1995 yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Bolaligidan qashqar vohasining dostonlarini, sehrli dо‘mbira sadolari-yu, zibizg‘a tovushini tinglab katta bо‘lgan. Maktabda a’lo baholarga о‘qigan, qalbidagi ona Vatanga bо‘lgan muhabbat, baxshichilik san’atiga bо‘lgan intilish borgan sari avj oldi. 2016 yili О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Folklor va etnografiya” ta’lim yо‘nalishiga о‘qishga qabul qilindi. Hozirda institutning 4-kursida о‘qib, о‘zi sevgan soha bо‘yicha professor-о‘qituvchilardan saboq olmoqda.

"Nihol" mukofoti sovrindorlari“Doston – xalqimizning dard-u hasratlarini, ota-bobolarimiz hayotida kechgan yaxshi-yomon kunlarni о‘zida mujassam etadi. Men doimo qо‘limga dо‘mbira olib, doston kuylagan chog‘ qalbimda muqaddas Vatanga bо‘lgan chin muhabbatni tuyaman! О‘zbekiston bebaho Vatan ekanligini qalban his etaman va uning farzandi ekanimdan faxrlanaman!”, – deydi sovrindor.
Ahror baxshi Xushvaqtov “Nihol 2019” kо‘rik-tanlovida “Mumtoz qо‘shiq” yо‘nalishi bо‘yicha g‘oliblikni qо‘lga kiritdi. Ustozlari institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, О‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Tog‘ayev, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Rustam Abdullayev, malakali pedagog Oygul Ahmedova bо‘lib, ular yosh baxshining о‘z mahorati ustida ishlashi uchun katta kо‘mak berib kelishmoqda.
Ahror baxshi о‘z oldiga ulkan rejalarni qо‘ygan, shuningdek, kelgusida о‘zbek baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga bel bog‘lagan. О‘z dо‘stlari, ijodkor yoshlar bilan hamkorlikda “Baxshi kvarteti” guruhini tuzish harakatida yuribdi.
Har ikkala sovrindorni mukofot bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Ona Vatanimizning musiqa san’atini yanada rivojlantirish yо‘lidagi izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

 

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV

image_pdfimage_print