MUHIM TASHABBUSLAR IJROSI YО‘LIDA

MUHIM TASHABBUSLAR IJROSI YО‘LIDA

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bо‘lib о‘tgan edi.
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini о‘rganib, faoliyatini yaxshilash bо‘yicha topshiriqlar berdi.

MUHIM TASHABBUSLAR IJROSI YО‘LIDA
Topshiriqda kо‘rsatilgan muammo va kamchiliklarni о‘z vaqtida aniqlash ularni bartaraf etish choralarini kо‘rish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev boshchiligidagi bir qator madaniyat sohasi bilimdonlari bugun yurtimizning chekka hududlaridan biri hisoblanadigan Namangan viloyatidagi san’at va madaniyat muassasalarida bо‘lishdi.

MUHIM TASHABBUSLAR IJROSI YО‘LIDA
Viloyatning Chortoq va Yangiqо‘rg‘on tumanlaridagi madaniyat uylarida bо‘lib о‘tgan uchrashuvlar davomida professor-о‘qituvchilar u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, viloyat san’at va musiqa maktablaridagi moddiy-texnik bazaning mavjudligi hamda ulardan foydalanish holatini о‘rganib chiqishdi.

MUHIM TASHABBUSLAR IJROSI YО‘LIDA
Ayni paytda о‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda bartaraf etish shu bilan birga Namanganlik ijodkor yoshlarning xohish-istaklarini qо‘llab-quvvatlash borasida yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ziyolilar hamda san’at va madaniyat xodimlarining viloyatlarga tashrifi davom etadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print