YOSHLAR – YURT KELAJAGI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati”, “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi”, “Musiqali teatr aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishlari 4-kurs talabalari bilan suhbat о‘tkazdilar. Qizg‘in suhbatda sessiya jarayonlarining shaffofligi, professor-о‘qituvchilarning adolatli yondashuvi borasida ochiq muloqot bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Rektor yurt kelajagi bо‘lmish yoshlarga о‘z mutaxassisliklarini chuqur egallashlari, diplom oldi amaliyotlar jarayonlarida bor mahoratlarini kо‘rsata olishlari, innovatsion g‘oyalar bilan yangiliklar qilish zarurligi, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da yanada faol bо‘lish, mutolaa madaniyatini oshirish kabi dolzarb masalalar о‘rtaga tashlandi. Muloqot ochiq va erkin tarzda bо‘lib, talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaatlar qilishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Yoshlar – yurt kelajagi, ularning tashabbuskorligi va barcha yutuqlari mamlakat taraqqiyotiga hissa qо‘shadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ham barkamol avlod poydevorini qurishda asos bо‘lib xizmat qilishadi! Zero, san’at va madaniyat insonlarni ezgulikka chorlaydi.

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print