Mustaqillik darslari a’lo darajada o’tdi

Mustaqillik darslari a'lo darajada o'tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi 2019-2020 о‘quv yili uchun tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bosh vazir о‘rinbosari Aziz Abduhakimov raisligida bir necha bor yig‘ilishlar о‘tkazilib, oliy ta’lim muassasalarida olib borilishi rejalashtirilgan ta’mirlash va jihozlash ishlari reja jadvali ishlab chiqildi hamda yuqori tashkilotlar bilan kelishgan holda tasdiqlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 590-sonli buyrug‘iga asosan instiutning 2019 yil 6 iyuldagi 419-D sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va mazkur buyruq bilan amalga oshiriladigan ishlar hamda ular uchun mas’ullar belgilandi.
О‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Jonajon О‘zbekistonim, mangu bо‘l omon!” mavzusida katta bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi. Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, О‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari О‘zbekiston xalq artisti Tesha Mо‘minov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Gulchehra Ibrohimbekovalar ishtirok etdilar. Institut rektori filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashevning ma’ruzasi va tabrigi, aktyorlarning chiqishlari professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarga bayramona kо‘tarinki ruh berdi.
Mustaqillik darslari a'lo darajada o'tdi
Institutning О‘quv teatri va boshqa auditoriyalarida О‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi sektori mudiri, tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi о‘rinbosari, professor Muhammadjon Quronov hamda institut professor-о‘qituvchilari ishtirokida talabalarga Mustaqillik darslari о‘tildi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narqo’ziyeva boshchiligida turli tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mustaqillik darslari a'lo darajada o'tdi
Ma’ruzachi professorlar Mustaqillikning eng oliy ne’mat ekanligi va uning mazmun-mohiyatini keng tushuntirdilar. Mustaqillikning qadriga yetish, yoshlarimiz kelajakda ilmiy salohiyati va ijodiy yutuqlari bilan О‘zbekiston nomini dunyoga tarannum etish borasida bugungi kunda keng imkoniyatlar yaratilayotgani borasida sо‘zladilar. Mazkur Mustaqillik darslari talaba-yoshlar va mehmonlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Mustaqillik darslari a'lo darajada o'tdi
Ishonamizki, О‘zbekiston yoshlari yanada kо‘plab yutuqlarga erishadilar, talabalarga yangi о‘quv yilida omadlar tilaymiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print