“О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yо‘nalishlar: yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali vazifamiz” mavzusidagi seminar bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Bugun 12 fevral senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qо‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga “О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yо‘nalishlar: yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali vazifamiz” mavzusida seminar о‘tkazdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Parlamentga yо‘llagan Murojaatnomasida nafaqat joriy “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshiriladigan ishlar, balki keyingi 5 yil davomida bajarilishi lozim bо‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu murojaatnomada о‘g‘il-qizlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, yoshlarga oida davlat siyosatini uzluksiz amalga oshirish, ularni ilm-ma’rifat va sportga keng jalb qilish kabi masalalar eng asosiy va ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
Seminarda Qо‘mita raisi, professor-о‘qituvchilar, talabalar, doktorantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Seminar davomida nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini optimallashtirish, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bо‘yicha yagona kо‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi kabi masalalar mutaxassislar tomonidan atroflicha muhokama etiladi hamda yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Bu kabi seminarlar yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hamda ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Seminar yakunida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev Baxtiyor Sayfullayevga cheksiz minnatdorchilik izhor etib, talaba-yoshlarning yutuqlari, о‘zgacha g‘ayrati va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ulkan maqsadlar haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tdilar.

Bugun yangi О‘zbekistonimizda san’at, madaniyat, ma’rifat kabi sohalarga katta e’tibor berilayotgan bir davrda parlament vakillarining oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurishlari ulkan tarixiy voqea bо‘lib qoladi hamda kelajakda albatta о‘z samarasini beradi. Tashabbuslar taraqqiyot mezoni bо‘lib qolsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print