Motivatsiya va tashabbuslar

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Yangilanayotgan О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan turli islohotlar о‘z samarasini bermoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev 25 yanvar kuni sirtqi ta’lim “Kutubxona va axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari bilan uchrashuv о‘tkazdilar. Mazkur uchrashuvda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning yо‘q qilinganligi, oliy ta’lim tizimidagi barcha о‘quv va imtihon jarayonlarini shaffof holda tashkil etilayotganligi borasida ochiq muloqot bо‘lib о‘tdi. Sirtqi ta’lim talabalari uchun qishki о‘quv davrida adolatli dars mezonlarining tashkil etilishi, kitobxonlikka safarbarlik, mahorat va innovatsion texnologiyalardan foydalanish sirlari borasida qiziqarli ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, Ibrohim Yuldashev kuni kecha О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi haqida ham sо‘zlab о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Dо‘stona suhbatda oliy ta’lim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash, kutubxona faoliyatini isloh qilish, о‘zbek mumtoz adabiyoti va jadid adabiyotini chuqur о‘rganish, ilmiy-ijodiy jarayonlarda faol bо‘lish, teatr va kino yangiliklaridan xabardor bо‘lish kabi muhim tashabbuslar о‘rtaga tashlandi.
Ibrohim Yuldashev uchrashuv jarayonida “Kitob о‘qing, bir finjom kofe iching” mega aksiyasida faol ishtirok etgan talaba qiz bilan suratga tushib, boshqa talabalarga ham motivatsiya berdilar. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ijodi, adabiy ilmi va betakror asarlarini chuqur о‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy hayotimizga singdirish lozimligi ta’kidlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Endilikda yoshlarimizning ma’naviyati va ma’rifatini yanada oshirish – bosh mezoniy vazifamizga aylanmoqda. Institut rektori talabalarga omadlar tilab, doim faol bо‘lishga undadilar. Zero, yangicha tashabbuslar ulkan maqsadlar eshigini ochadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print