“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
“Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan samimiy shoir, vatanparvar inson edi. Sizlar uning munosib davomchilari bо‘lishingiz kerak”.

Shavkat Mirziyoyev
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bayramona bezatildi. Erta tongdan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari institutga kirish joyida karnay-surnay, doira sadolari ostida kutib olindi.
Ushbu tadbir О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 20-may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida bildirgan fikrlari va о‘tkazilgan majlisning 35-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Xalqaro konferensiya doirasida dastlab “О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi Darsxona”ning ochilish marosimi bо‘ldi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tadbir qatnashchilarini bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Ushbu xona zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Muhammad Yusuf hayoti va ijodini о‘zida mujassam etgan kо‘rgazmali qurollar, eng sо‘nggi rusumdagi elektron doska bilan jihozlandi.Shoir hayotini о‘zida mujassam etgan albom, fotosuratlar bilan bezatildi. Bu yerdan shuningdek, Muhammad Yusuf ijodiga mansub kitoblar о‘rin olgan. Endilikda shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq tadbirlar, о‘quv va amaliy mashg‘ulotlar ushbu darsxonada о‘tkaziladi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Shundan keyin xalqaro konferensiya о‘z ishini boshladi. Anjumanni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev kirish sо‘zi bilan ochdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tabrik uchun sо‘zni Turksoy Bosh kotibi Dusen Kasaenovga berdi (Turkiya).
Xalqaro anjumanda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev “Adiblar xiyoboni – adabiyot,ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat maskani” mavzusida ma’ruza qildi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ZOOM dasturi orqali dunyoning qator davlatlari vakillari ishtirok etgan anjumanda Turkiya Arzurum universiteti dotsenti, fan doktori Rejai Kizlitunch (Turkiya) tomonidan “MUHAMMET YUSUF -SEÇMELER ESERININ TANITIMI” mavzusidagi ma’ruza konferensiya ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning umr yо‘ldoshi, О‘zbekiston xalq shoiri Nazira as-Salom “Muhammad Yusuf asarlarida tabiat mavzusi” borasidagi ma’ruzasi, shoir hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlari bilan anjumanga yanada jо‘shqinlik bag‘ishladi.
О‘zbekiston xalq shoiri, filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Iqbol Mirzoning “Vatan–yuragimning olampanohi” mavzusidagi chiqishi xalqaro konferensiyani mazmunan boyitdi.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri maslahatchisi, f.f.d.,professor Ma’rufjon Yо‘ldoshev “Muhammad Yusuf she’riyatining tili” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, sо‘zga chiqqanlar tomonidan “Ulkan shoir, ulug‘vor dо‘st singari qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Konferensiya ishtirokchilariga “О‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari” nomli 4 tomlik kitob sovg‘a qilindi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Xalqaro konferensiya doirasida Muhammad Yusuf nomi bilar atalauvchi kо‘shkda talabalar tomonidan shoir she’rlari asosida yaratilgan qо‘shiqlar ijro qilindi. Kо‘ngillari she’riyatga oshufta о‘g‘il-qizlarlar tomonidan mushoiralar bо‘lib о‘tdi, she’rlar aytildi.
“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Kunning ikkinchi yarmida xalqaro konferensiya shо‘balarga bо‘lingani holda о‘z ishini davom ettirdi. Unda Madaniyat vaziri maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor D.Jumayevaning “Muhammad Yusuf she’riyati–tilshunoslik va adabiyotshunoslik”, Turkiyalik tarjimon Hamza ÖZTÜRKÇÜ ning “TÜRKIYEDE ÖZBEK EDEBIYATI ÇEVIRI ÇALIŞMALARI” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, anjumanda “Muhammad Yusufning dardli dostonlari”. “О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning obraz yaratish mahorati”, Muhammad Yusuf ijodida Turkiston mavzusi” singari qator mavzularda chiqishlar qilindi.
Sо‘zga chiqqanlar tomonidan Muhammad Yusuf she’riyatida sо‘zning kuchi, shoir ijodining madaniyatshunoslik va san’atshunoslikda tutgan о‘rni, о‘zbek qо‘shiqchilik san’atidagi ahamiyati singari jihatlarga e’tibor qaratildi. Milliy ruh, Vatan tuyg‘usi singari g‘oyalarni ilgari surgan shoir ijodi yana bir bora ulug‘landi.
Xalqimiz uchun ulkan ma’naviy boylik qoldirgan Muhammad Yusufning asarlari orqali kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shoir she’riyatida ajdodlarga ehtirom tuyg‘ularining о‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratildi.

“Muhammad Yusuf –Vatan va muhabbat  kuychisi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Respublikamizning taniqli olimlari,ekspertlar, xorijiy mamlakatlar adabiyotshunoslari, О‘zDSMI talabalari ishtirok etgan xalqaro konferensiyada umr bо‘yi vatanni ulug‘lagan, о‘zi tug‘ilib о‘sgan shu muqaddas zaminni kuylab о‘tgan shoir she’riyati, uning “Qora quyosh” singari dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalarning yoshlar tarbiyasidagi о‘rni,kelgusi avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print