MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI

MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘idagi yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan bо‘lgan uchrashuvida milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida sо‘z borgan edi.
Adiblar xiyobonidagi har bir adib haykalini muayyan oliy о‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur о‘rganish, ularning ibratli umr yо‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Jumladan, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga biriktirildi. Ushbu vazifalardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan tadbirlar rejasi belgilab olindi.
О‘tgan bir yil davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan qator ishlar amalga oshirildi.Uning dastlabkisi, 2020-yilning 27- may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev, Muhammad Yusufning turmush о‘rtog‘i Nazira as-Salom, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tashkil etilgan “Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi rahbari, О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, mazkur oliy о‘quv yurti prorektorlari ishtirokida institut hududida tashkil qilingan “Muhammad Yusuf” nomi bilan ataluvchi kо‘shkda “Muhammad Yusuf – vatan kuychisi” mavzuida tadbir tashkil etildi. 2020-2021 о‘quv yilidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus kurslar tashkil qilindi. Shuningdek, barcha ta’lim yо‘nalishlari hamda mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bо‘yicha mavzular kiritildi.
Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab о‘rganib borilmoqda.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Bundan tashqari shoir ijodi va hayoti aks etgan alohida о‘quv xonasi tashkil etildi.
2020-2021 о‘quv yilida institutning “Kino televedeniye va radio san’ati” fakulteti tomonidan “Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” nomli qisqa metrajli film yaratilmoqda. Institut professor-о‘qituvchilari, talabalari ishtirokida “Mangu osmon”, Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni asosida “Qora quyosh” spektakllari sahnalashtirildi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Shu bilan birga, shoir tavalludining 67 yilligi munosababti bilan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
5 ta muhim tashabbus doirasida doimiy ravishda О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan turli uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etilib, unda taniqli shoir va yozuvchilar, shoirning oila a’zolari ishtirork etdi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Shu bilan birga, professor-о‘qituvchilar va talabalar ishtirokida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Musiqa va san’at maktabi hamda shoir tug‘ilib о‘sgan Qovunchi qishlog‘idagi u о‘qigan maktablarda shoir ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha “Adiblar xiyoboni”da ochiq о‘quv darslari о‘tkazildi. Shoir ijodi namunalari tо‘planib, dunyoning qator davlatlari tillariga tarjima qilinib, kitob shaklida chop etilmoqda.
2020-2021 о‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda tanlov asosida eng ijodkor talabalar ichidan Muhammad Yusuf nomidagi stependiyaga nomzodlar aniqlanib, ularga stipendiya joriy etiladi.
Muhammad Yusuf she’rlariga bastalangan qо‘shiqlar tanlovi va she’rxonlik kechalari о‘tkazildi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga tashrifi, Muhammad Yusuf hayoti va ijodini о‘rganish, uni abadiylashtirish borasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga berilgan topshiriqqa bir yil tо‘lishi munosabati bilan institut jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida kun davomida о‘tkazilgan navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirda ana shular haqida sо‘z bordi.
MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI
Shu yerning о‘zida mazkur oliy ta’lim muassasasi talabalari, professor-о‘qituvchilari tomonidan shoirning turli mavzulardagi she’rlaridan namunalar о‘qildi. Shoir she’rlari asosida yaratilgan qо‘shiqlar ijro qilindi. Zamondoshlari tomonidan Muhammad Yusuf haqidagi iliq xotiralar yana bir bora yodga olindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print