О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Eng ulug‘ maqsadlarni kо‘zlashga о‘rgan!

Bugun 17 fevral О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Teatr san’ati fakulteti “Qо‘g‘irchoq teatr rejissyorligi”, “Qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 1-2-kurs о‘zbek va rus guruhlari bilan erkin muloqot olib bordilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Mazkur muloqotda institut rahbari yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatiga e’tibor qaratish, badiiy mutolaani oshirish, nutq madaniyati, sahna nutqi, adabiyotga oshnolik, ijodiy kreativlikni oshirish borasida sо‘zladilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasida olib borilayotgan ilmiy-ijodiy islohotlar, innovatsion smart auditoriyalar sonini kо‘paytirish, xorij tillarini biladigan talabalarni xalqaro doiradagi stajirovka dasturlari bо‘yicha faollikni oshirish borasida takliflar о‘rtaga tashlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ibrohim Yuldashev taniqli о‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning Avlodlar dovoni asaridan parcha о‘qib berdilar. Ayniqsa, adabiy asardagi “Eng ulug‘ maqsadlarni kо‘zlashga о‘rgan” shiori chuqur tahlil etildi.
Kelgusida iqtidorli talabalar bilan institutda kitobxonlik tanlovi, insholar, badiiy asar tahlili kabi turli musobaqalar о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Endilikda talabalarni mazkur jarayonlarda faol bо‘lishga bel bog‘lashdi.
Uchrashuv sо‘ngida talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi, mavjud masalalar bо‘yicha takliflar о‘rganib chiqildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Institut rahbarining mana shunday ochiq muloqotlari talaba-yoshlar uchun ruhiy va ijodiy motivatsiya bо‘lib, ularning ijtimoiy faolligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Ilg‘or tashabbuslar soni ortaversin!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi