PROREKTORLAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR

PROREKTORLAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR

Toshkent moliya institutida respublikamizdagi Oliy o‘quv yurtlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarni institut rektori U. Azizov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda Toshkent shahar bosh imomi va “Minor” jome masjidi imom xatibi Raximberdi Raxmonov “Yoshlar tarbiyasida dinning o‘rni” mavzuida, Epidemiologiya, mikrobilologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov “Sog’lom turmush tarzi va yuqumli kasalliklar profillaktikasi” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Rasul Kusherbayev “Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb masalalari” xususida ma`ruza qilib, unda o`zlarining ta`lim tizimga oid dolzarb ruhdagi fikr-mulohazalarini bildirib o`tishdi.

O‘quv-seminarning ma’ruzalar qismidan so‘ng seminar qatnashchilari TMI sport majmuasiga ham tashrif buyurishdi. Majmuada ular ommaviy badantarbiya mashqlarini o‘tkazib, sport bilan shug‘ullandilar, guruhlarga bo‘lingan holda sport musobaqalarida ishtirok etdilar.

TMI Axborot xizmati