Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig’ini bilan ijodiy hamkorlik

Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Nodirabegim" mahalla fuqarolar yig'ini bilan ijodiy hamkorlik
2021-yilning 12-may kuni Oliy ta’lim muassasalarining mahalla fuqarolar yig’inlari va umumta’lim maktablari bilan о’zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning bо’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg’u ijrochiligi” kafedrasi professor-о’qituvchilari hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig’ini bilan ijodiy hamkorlik yо‘lga qо’yilgan edi.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Nodirabegim" mahalla fuqarolar yig'ini bilan ijodiy hamkorlik
24-may kuni ushbu ijodiy hamkorlik va 5 ta muhim tashabbus doirasida Mirzo Ulug’bek tumani Barkamol avlod bolalar maktabida Ochiq eshiklar kuni o’tkazildi.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Nodirabegim" mahalla fuqarolar yig'ini bilan ijodiy hamkorlik
Mirzo Ulug’bek tumanidagi 10 dan ortiq umumta’lim maktablarining 200 nafardan ziyod o’quvchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg’u ijrochiligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari: Yusufjon Vohidov va Qudratilla Qobilqoriyev yoshlarning milliy cholg’ularimizga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida nay va doira cholg’ulari ijrochiligi bo’yicha mahorat darslarini o’tkazishdi.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Nodirabegim" mahalla fuqarolar yig'ini bilan ijodiy hamkorlik
Tadbir so’nggida “Cholg’u ijrochiligi” kafedrasi tashabbusi bilan Barkamol avlod bolalar maktabi qoshida “Yosh doirachi” to’garagini tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg’u ijrochiligi” kafedrasi bilan “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig’ini о’rtasidagi shu kabi hamkorlik aloqalari doimiy ravishda olib boriladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print