“Mangu osmon” spektaklining premerasi

“Mangu osmon” spektaklining premerasi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Mangu osmon” spektaklining premerasi bо‘lib о‘tdi. Ushbu sahna asari Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘ida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevga bergan kо‘rsatmalari asosida ishlab chiqilgan dastur dorasida tayyorlandi.
“Mangu osmon” spektaklining premerasi
She’riy-badiiy kompozitsiyalar asosida yaratilgan spektakl Muhammad Yusufning dunyoga kelishidan boshlab, maktab davri, balog‘at yoshi, butun hayoti va ijodini qamrab olgan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar marabbiyi, professor, sahnalashtiruvchi rejissyor Hamida Mahmudova rahbarligida tayyorlangan spektaklda rollarni Teatr san’ati fakulteti talabalari ijro etishdi. Muhammad Yusufning bolalik va yigitlik chog‘laridagi rollarni Muhammadjonov Nodirbek va Bozorov Nabijonlar о‘ynashdi.
“Mangu osmon” spektaklining premerasi
Shoirning balog‘at yoshiga yetganidan to umrining oxirigacha bо‘lgan davrlar G‘ulomov Zokirjon hamda Sobirov Umidjonlar tomonidan yuksak mahorat bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola etilib, asar qahramonining ichki kechinmalarini imkon qadar zalda о‘tirganlarga yaqqolroq yetkazib berishga harakat qilindi.
“Mangu osmon” spektaklining premerasi
Tursun buvi rolini Mamadaliyeva Sug‘diyona, Halima buvi rolini esa Ashirova Shahrizalar о‘ta mohirlik bilan о‘ynashdi. Yusuf aka rolini Nodirboyev A’zamjon, Zebi rolini Shernazarova Setorya, Nazira rolini esa Boboqulova Muxlisalar ijro etishdi. “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi tomonidan taqdim qilingan spektaklning sahna bezagi rassomlar Zayniyev Jaloliddin, Valiyev Isomiddin hamda Namozov Ibrohimlar tomonidan yaratildi.Asar musiqasi Otabek Yakubov ijodiga mansub.
“Mangu osmon” spektaklining premerasi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari tomonidan tayyorlanib,talabalar tomonidan ijro etilgan ushbu sahna asari tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida katta qiziqish bilan kutib olindi.
“Mangu osmon” spektaklining premerasi
О‘ziga xos tarzda qisqa fursatda yuksak mahorat bilan yaratilgan asar О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan yuqori baholanib, “Mangu osmon” spektaklini sahnaga olib chiqishda fidoyilik kо‘rsatgan ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiyi Hamida Mahmudova katta miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadigan bо‘ldi. Ushbu asarni yaratishda qatnashgan barcha ishtirokchilarga institut rektori о‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print