О‘rta asrlar arab davlatida kitobot madaniyati mavzusida taqdimot

О‘rta asrlar arab davlatida kitobot madaniyati mavzusida taqdimot

Bugun 13 fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida Toshkent davlat Sharkshunoslik instituti tayanch doktoranti Xulkar Sulaymonovaning О‘rta asrlar arab davlatida kitobot madaniyati mavzusidagi dissertatsiya ishidan amaliy taqdimoti bо‘lib о‘tdi. Mazkur taqdimot institutning Xalq ijodiyoti fakulteti “Kutubxonashunoslik” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Bо‘lajak olima о‘zining ilmiy ishida О‘rta asrlar arab davlatida kitobot madaniyati va devonxona kotiblari uchun yozilgan asarlarni nazariy tomonlarini, xayotdagi amaliy jihatlarini ta’kidlab, arab tilida yozilgan qо‘lyozmalar, kitoblar va turli manbalarni о‘qish, tarjima san’ati, islom madaniyati, xattotlik ilmi, mutolaa madaniyati borasidagi о‘z fikrlarini keltirib, ilmiy tadqiqot ishidagi qiziqarli faktlarni ham keltirib о‘tdi.

Taqdimot sо‘ngida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Institutimizda “Kutubxona va axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mazkur taqdimot juda kerakli ma’lumotlarni taqdim etdi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print