PROFESSOR VOLFNING MAHORAT DARSLARI

О‘zbekiston davlat san’at va mdaaniyat institutida Belgiyaning Bryussel Erkin universiteti professori Xans De Volf professor-о‘qituvchilar va talabalar uchun trening о‘tib berdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur treningda о‘zaro hamkorlik aloqalari xususida ma’lumotlar berildi. Jumladan, Belgiya va Xitoy о‘rtasida о‘zaro ilmiy-ijodiy aloqalarning mustahkamlanganligi, Belgiyada о‘tkaziladigan Xitoy san’ati va madaniyati kunlari borasida gapirib о‘tdi. Shuningdek, istiqbolli strategik loyihalar ustida ishlash, mutaxassis va talabalarni muzeylarga jalb qilishni kengaytirish bо‘yicha tizimlar joriy qilish masalalari kо‘tarildi. Ayniqsa, mutaxassisning insonlarni muzeyga jalb qilishning yangi innovatsiyalari, hamkorlikni kengaytirishda ilmiy tadqiqotlarning muhim ahamiyati e’tiborga olindi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Volf endilikda О‘zbekiston san’ati va madaniyati kunlarini Belgiyada о‘tkazish, forumlar va ilmiy seminarlar tashkil qilish takliflarini о‘rtaga tashladi. Eng muhimi, mazkur ijodiy jarayonlar ikki mamlakat о‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga kо‘tarib, yangicha yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha xulosalar belgilandi.
Talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.
Tarjimon: Gulnoza Aripova

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print