Fransiyalik mutaxassisning mahorat darsi bо‘lib о‘tdi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Teatr san’ati jonli va о‘ziga xosdir. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida bugun 19 fevral kuni fransuz teatriga bag‘ishlangan mahorat darsi bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Fransiyalik teatrshunos olim Patrik Peno tashrif buyurib, talabalarga fransuz teatrlari, ijodiy faoliyati, fransuz teatrlaridagi zamonaviy mavzular, teatr aktyorlari ijodi, spektakllar, sayyor truppalar borasida kо‘plab ma’lumotlar berildi. Mahorat darsida professor-о‘qituvchilar Muhabbat Tо‘laxо‘jayeva, Qunduzxon Nishonboyeva, Omonulla Rizayev, Matluba Isoqova, Shahlo Hamidova ishtirok etishdi. Talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Haqiqatan, mazkur uchrashuv zamonaviy fransuz teatrlari faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga boy bо‘ldi. Mana shunday mahorat darslari va seminarlar soni ortaversin!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Kafedra mudiri: Faxriddin Abduvohidov

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print