Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Joriy yilning 19-21- may kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro konferensiyaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev tomonidan anjuman mehmonlari hamda ishtirokchilariga tabrik yo‘llandi. Mazkur nufuzli anjumanning ochilishida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev ishtirok etib, Xalqaro konferensiya mehmonlari va qatnashchilarini o‘zbek, rus,turk, tojik tillarida mazkur konferensiyada ishtirok etishayotgani bilan qutladi.
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Rossiyalik yozuvchi Vera Mirning tabrigi doirasida O‘zbekiston haqida bildirgan fikrlariga qo‘shimcha qilib, Ibrohim Yo‘ldoshev “Toshkent nafaqat non shahri, nafaqat quyosh shahri, balki hozirgi kunda Toshkent – biznes, progress va renessans shahridir”,-dedi.
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Konferensiyada Rossiya, Belorus, Qozog‘iston singari qator davlatlar vakillarining videomurojaatlari namoyish etildi.
XIV – xalqaro konferensiyaning birinchi ish kunida “O‘zbekistonda mutolaa madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi”, “Belarus Respublikasining kitoblarni targ‘ib qilish va axborot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan Milliy loyihalari”, “Kitob bozorini rivojlantirish hamda kitob va mutolaani ommalashtirish zamonaviy sharoitlarida jamoat tashkilotlarining o‘rni”, “Armanistonda tashkil etilgan ochiq kodli dasturiy ta’minot kutubxona tizimi sifatida”, “ Rossiya Davlat bolalar kutubxonasining axborot-kutubxona va Internet loyihalari” singari qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Kitobning milliy madaniyat rivojida o‘rni, zamonaviy gumanitar muammolar, millat kutubxonasi tamadduniga sayohat borasidagi chiqishlar anjuman diqqat markazida bo‘ldi. Shu yerning o‘zida Ibrohim Yo‘ldoshev Ommaviy axborot visitalari uchun intervyu berdi.
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi20-may kuni Xalqaro konferensiya sho‘balarga bo‘lingani holda o‘z ishini davom ettiradi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish muammolari hamda istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan 6-shu’bada O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev moderatorlik qiladi.
Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.
Poytaxtimizda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusidagi XIV – xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Anjuman doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Ozarbayjon Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, konferensiya dasturidan tadbir qatnashchilarini Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlari ham o‘rin olgan.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print