Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinar

Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinar

Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinarO’zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy yondoshuvlardan biri sifatida kreativ tadbirkorlikka katta ahamiyat berilmoqda. 2018 yilda Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi ko’magi bilan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda London Goldsmiths Universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Ushbu hamkorlik doirasida institutning “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kefedrasi mas’ul professor-o’qituvchilari tomonidan “Creative Spark: Oliy ta’limda tadbirkorlikka o’qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekistonda iqtisodiyot va ta’lim sohasidagi amalga oshirilgan keng ko‘lamli milliy islohotlarga javoban, kreativ sektorni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik bilimiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, odamlarning farovonligi va ish o‘rinlarini yaratish uchun tadqiq qilingan. 2020 yilda ham dastur doirasida rejalashtirilgan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan 2020 yilning 28 noyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Madaniyat va sanʼat sohasida kreativ tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn vebinar bo’lib o’tdi.
Vebinarning asosiy maqsadi –O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasida tadbirkorlik sub’ektlarining kreativ tadbirkorlik yo’nalishida amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilish, ularda uchrayotgan muammolarni ilmiy o’rganish, shuningdek O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institute, institutning Nukus hamda Farg’ona filiallari professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlariga kreativ tadbirkorlik bilan bog’liq nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinar
Ilmiy-amaliy onlayn vebinarni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor I.Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi. I.Yuldashev O’zbekistonda kreativ tadbirkorlik bilan shug’ullanish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi, madaniyat va san’at sohasida tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bu sohadagi bilimlarni oshirishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdi. Shuningdek, institutda kreativ loyihalarni amalga oshirish vaqti kelganligini alohida ta’kidlab, mazkur yo’nalishda barcha kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar tomonidan innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish hamda uni amaliyotga joriy qilish muhimligini aytib o’tdi. Vebinarni tashkil qilgan tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligini bildirgan holda vebinar ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinar
Ilmiy-amaliy vebinarda Madaniyat vazirligi mas’ul rahbar xodimlari, Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolathosai loyiha koordinatori, “O’zbekkino” milliy agentligi, madaniyat markazlari rahbarlari, Qo’qon davlat muzey qo’riqxonasi rahbari, “Oxus culture” MChJ ijodiy markazi direktori, madaniyat va san’at sohasida ijodiy tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan tadbirkorlar, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda institutning Nukus va Farg’ona mintaqaviy filiallari professor-o’qituvchilari, yosh olimlari, magistr va talabalari ishtirok etdilar.
Kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy-amaliy onlayn webinar
Oʼzbekiston madaniyat va sanʼat muassasalarida kreativ tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha bildirilgan ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalari belgilab olindi.
Ilmiy-amaliy vebinar davomida ishtirokchilar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print