“Kreativ Spark: Oliy taʼlimda tadbirkorlikka o‘qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda

“Kreativ Spark: Oliy taʼlimda tadbirkorlikka o‘qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda
2018-yilda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magi bilan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda London Goldsmits Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Ushbu hamkorlik doirasida institutning “Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kefedrasi masʼul professor-o‘qituvchilari tomonidan “Kreativ Spark: Oliy taʼlimda tadbirkorlikka o‘qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekistonda iqtisodiyot va taʼlim sohasidagi amalga oshirilgan keng ko‘lamli milliy islohotlarga javoban, kreativ sektorni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik bilimiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, odamlarning farovonligi va ish o‘rinlarini yaratish uchun tadqiq qilingan. 2021- yilda ham dastur doirasida rejalashtirilgan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
“Kreativ Spark: Oliy taʼlimda tadbirkorlikka o‘qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda
Jumladan, 2021- yilning 7-may kuni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida London Goldsmits Universiteti va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Ijodiy tadbirkorlikni shakllantirishning pedagogik omillari mavzusida ilmiy-amaliy onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
Vebinarning asosiy maqsadi – Bugungi kunda mamlakatimizda ijodiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qarab kelinmoqda. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, institutning Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filiallari professor-o‘qituvchilariga bo‘lajak tadbirkorlarni (savdogarlar, reklama biznesi bo‘yicha mutaxassislar, sotuvchilar va boshqalarni) o‘qitish bo‘yicha uslubiy va texnologik jihatdan ilmiy va amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 13- apreldagi PF-6207-sonli Kapital bozorini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Farmonida belgilangan quyidagi masalalar ham muhokama qilindi:
– kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
– kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
– minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023- yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
“Kreativ Spark: Oliy taʼlimda tadbirkorlikka o‘qitish” loyihasi amalga oshirilmoqda
Ilmiy-amaliy onlayn vebinarni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekistonda kreativ tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini eʼtirof etdi hamda madaniyat va sanʼat sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bu sohadagi bilimlarni oshirishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdi.Ilmiy-amaliy vebinarda Madaniyat vazirligi masʼul rahbar xodimlari, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Londondagi Goldsmits Universiteti hamda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda institutning Nukus va Farg‘ona mintaqaviy filiallari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, magistr va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda “Kreativ tadbirkorlik asoslari” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.Taʼlim muassalarida kreativ tadbirkorlikni talabalarda shakllantirish bo‘yicha bildirilgan ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Ilmiy-amaliy vebinar davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print