О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida davra suhbati tashkil etildi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev bugun 21 fevral kuni fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kurs murabbiylari hamda rektorat xodimlari bilan davra suhbati tashkil etdilar.
Mazkur davra suhbatida birinchi о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ulkan islohotlar, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, strategik dasturlar, murojaatnoma va kо‘plab masalalarning tub mohiyati haqida axborot berildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ikkinchi о‘rinda oliy ta’lim muassasasi rahbari talaba-yoshlarda badiiy mutolaa madaniyatini shakllantirish, ayniqsa, о‘zbek mumtoz adabiyoti yetuk namoyondasi Alisher Navoiy asarlarini kо‘proq о‘qish, mazmun-mohiyatini tushunish, anglash, muhokamalar, badiiy asar tahlili darslarini kо‘paytirish masalalari kо‘tarildi.
Ibrohim Yuldashev endilikda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning mutlaqo yо‘q qilinayotganligi, ta’lim jarayonlari adolatlilik va shaffoflik mezoni asosida olib borilayotgani, dars sifatini kо‘tarish, xalqaro aloqalar, shuningdek, “start-ap” loyihalar tayyorlash, ilmiy savodxonlikni oshirish borasida alohida tо‘xtalib о‘tdilar.
Har bir professor-о‘qituvchilar oldiga eng qaynoq yangiliklardan muntazam boxabar bо‘lish, ta’lim tizimi islohotlari, yoshlarni kitobxonlikka safarbar etish vazifalari ustuvor etib qо‘yildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida davra suhbati tashkil etildi
Mazkur davra suhbati institut talabalarining ilmiy-ijodiy imkoniyatlarini yanada oshirib, “ustoz-shogird” an’analarini keng quloch yoyishiga zamin yaratadi.

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print