О‘zDSMIda О‘ZBEK SAN’ATSHUNOSLARI KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI

О‘zDSMIda О‘ZBEK SAN’ATSHUNOSLARI KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 24-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik kо‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari, simpoziumlari, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarni samarali о‘tkazish maqsadida: О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida “О‘zbek san’atshunoslari tajribalarini о‘rganishning dolzarb masalalari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi о‘tkazildi.

О‘zDSMIda О‘ZBEK SAN’ATSHUNOSLARI KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI
Konferensiyada Akademik Hakimov Akbar Abdullayevich san’atshunoslik fanlari doktori, professor D.Raxmatullayeva, san’atshunoslik fanlari doktori, professor O.Ibrohimov, professor S.Begmatov va boshqa fidoiy olimlar о‘z ma’ruzalari bilan ishtrok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida san’atshunoslik faniga xissa qо‘shgan san’atshunos olimlar akademik M. Raxmonov, M. Qodirov, X. Abdusamatov, E. Umarov, T. Tursunov, L. Rempel, G. Pugachenkova, E. Rtveladze kabi ilm darg‘alarining ilmiy merosi va fanning rivojlanishiga qо‘shgan hissalari san’atshunos olimlar tomonidan о‘rganilib, “Ustoz-shogird “ an’anasiga asoslanib filmlar asosida konferensiya ishtirokchilariga yetkazildi.

О‘zDSMIda О‘ZBEK SAN’ATSHUNOSLARI KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI О‘zDSMIda О‘ZBEK SAN’ATSHUNOSLARI KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI
Konferensiya ishida yosh olimlarning ishtiroki yanada ijobiy natija berib, ular о‘zlari bilan yonma-yon ishlagan, san’atshunoslik fanining rivojiga hissa qо‘shgan ustozlari haqida iliq sо‘zlar aytib, ilmiy ma’ruzalar qildilar. Jumladan O.Rizayev, M.Isoqova, F.Abduvohidov, SH.Nusratova, I.Abduraxmonov kabi yosh tadqiqotchi olimlar о‘z ustozlari haqida ilmiy ma’ruzalarini slaydlar orqali bayon qildilar. Konferensiya ishida kо‘plab doktorant, magistr, talabalar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Konferensiyada tasviriy san’at, sirk san’ati, musiqa san’ati, kino san’ati, raqs san’atini rivojlantirishga о‘zining hissalarini qо‘shgan fan arboblari, olimlarning ilmiy merosi, uning bugungi kundagi san’atshunoslik ilmini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida ma’ruzalar tinglandi.

Q. Nishonboyeva,
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik”
kafedrasi dotsenti

N. Abdunazarova,
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik”
kafedrasi о‘qituvchisi

image_pdfimage_print