Qizg‘in davra suhbati

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining С-02 binosida muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning Yoshlarni bо‘sh vaqtini samarali о‘tkazishga bag‘ishlangan 5 ta tashabbusning yana biri bо‘lgan kitobxonlik yо‘nalishi bо‘yicha “Kitobxon talaba” mavzusida jurnalistlar, shoirlar va talabalar ishtirokida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Davra suhbatini institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev ochib berib, zamonaviy dramaturgiya va ushbu sohada kerak bо‘lgan kadrlarning sifati tо‘g‘risida о‘z fikrlarini bayon etdilar. Tadbir mehmonlari Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan jurnalist Safar Ostonov, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi о‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur, “Sharq yulduzi”, “Zvezda vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotda bо‘lishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Suhbat jarayonida zamonaviy jamiyatimizda internet oqimi orqali tо‘xtamay kirib kelayotgan turli yо‘nalishlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni, yuzaga keladigan ijobiy va salbiy oqibatlar yuzasidan savol javoblar bо‘ldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Yangi chop etilayotgan kitoblar, о‘zbek tilini boyligiga qaramay xozirgi aksariyat hollarda zamonaviy dramaturgiyaning oqsashi oqibatida yaratilayotgan bema’ni, bemantiq ijod mahsulotlarini о‘sib kelayotgan yosh avlodga milliylik, nodir qadriyatlar, urf-odatlar hattoki adabiy tilimizni о‘zgarishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatayotgani xaqida ma’lumotlar berildi. О‘zbek tilidagi iboralar maqollarning keskin yо‘qolib borayotganligi sababli milliy mentalitetimizga yot bо‘lgan g‘oyalarni о‘z ichiga olgan ijodiyot mahsulotlari xaqida sо‘z bordi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Hozirda yartilayotgan zamonaviy о‘zbek va g‘arb kinofilmlarning ommaviy madaniyat, vaxshiylik, qotillik va jinoyatning turli xillarini о‘zi bilmagan holda targ‘ibot qilib qо‘yayotgani borasida fikrlar bildirildi. Endilikda kitobxonlikka safarbarlikni oshirish, yoshlar ma’naviyatini boyitish, bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish lozimligi aytildi. Ijodkorlar talaba-yoshlarni publitsistik va badiiy ijod namunalarini gazeta va jurnallarga chop ettirish yuzasidan takliflarini bildirishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Qiziqarli va sermazmun bо‘lgan davra suhbatida she’riy ijrolar bо‘lib о‘tdi.

Institut Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i: Abror Porsayev

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print