YODI HAMISHA YODDA

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ijod va mahorat insonni tinimsiz izlanishlarga chorlab, yuksaklikka kо‘taradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli talaba-yoshlari hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovnning 82 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan “Yodi hamisha yodda” nomli ma’naviy-badiiy kecha о‘tkazildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Kechada yosh ijodkor Javlon Jovliyev asari asosida sahnalashtirilgan Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan spektakl taqdim etildi. Postanovkachi rejissyor Doston Haqberdiyev, institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi, koordinator Jumagul Nishonova, aktyorlar Ulug‘bek Musinov, Bunyod Shirinov, Islom Haqberdiyev, Akbar Nursaidov, Yunusxon Zayniddinov, Husniddin Boymatov, Kamoliddin Umarov, Nilufar Boymatova, Dadabek Lutfullayev va boshqalar о‘ziga xos dramatik rollarni ijro etishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Jonli teatr tomoshasida chuqur dramatizmga yо‘g‘rilgan rollar, mustamlaka davridagi og‘ir zulm, qatag‘on qilingan jadidlarning nolalari va mamlakatimizning hurlikka erishishi jarayonlari yorqin aksini topgan.
Talaba-yoshlarning mahoratli ijrolari barchani lol qoldirdi. Mazkur jarayon О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilm, fan va ta’lim integratsiyalashuvi borasida amalga oshirayotgan ulkan islohotlarga munosib qadam sanaladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Yodi hamisha yodimizda saqlanayotgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning porloq xotirasi abadiy bо‘lib, buyuk kelajak sari qadam tashlashimizda madadkor bо‘lsin.

Tashkilotchi faollar: E’tibor Nazarova, Rohila Yusupova.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print