“IPAK VA ZIRAVORLAR” XALQARO FESTIVALIDA INSTITUTIMIZ JAMOASI

“IPAK VA ZIRAVORLAR” XALQARO FESTIVALIDA INSTITUTIMIZ JAMOASI

Joriy yilning 25-26 may kunlari Buxoro shahrida о‘tkazilgan XVIII an’anaviy “Ipak va ziravorlar” Xalqaro festivalida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi katta о‘qituvchisi Hikmat Rajabov boshchiligida О‘zbek xalq cholg‘ulari “Talabalar kamer orkestri” hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Komiljon Shermatov, katta о‘qituvchi Feruza Xakimova “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Rustam Abdullayev, yetakchi jо‘rnavoz Usmon Berdiyev “Vokal ijrochiligi” kafedrasi dotsenti, Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist Rudakiy Allanbayev “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi yetakchi jо‘rnavozi Qahramon Tо‘rayevlar ishtirok etishdi.


Mazkur festival YUNESKO ning jahon madaniy merosi obyektlari rо‘yxatiga kiritilgan Buxoro shahrining eski shahar qismida va unga tutash maydonlarda mamlakatimiz va xorijlik hunarmandlarning mahsulotlari hamda ziravorlar kо‘rgazmasi va savdosi, shuningdek, milliy rassomchilik va miniatyura san’ati, zargarlik, zardо‘zlik, mis-kandakorlik, temirchilik, gilamchilik, kulolchilik, milliy sport о‘yinlari, milliy taomlar va boshqa yо‘nalishlarda tadbirlar tashkil etilib kо‘tarinki ruhda о‘tkazildi.
25-may kuni mehmonlarni Buxoro I temir yо‘l vokzalida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori Doniyor Yunusovich Nematov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha mas’ul Baxtiyor Bahodirovich Ismatovlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olishi ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi. Shu kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi katta zalida Hikmat Rajabov tomonidan “Talabalar kamer orkestri” hamda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi xor jamoasi bilan birgalikda “mahorat darsi” hamda konsert dasturi namoyish etildi. Feruza Xakimova О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti haqida tayyorlangan video rolikni san’at maktabi о‘qituvchi va о‘quvchilariga namoyish etib, institut tarixi, fakultetlar, ta’lim yо‘nalishlari hamda qabul jarayonlari bо‘yicha ma’lumot berdi. Katta о‘qituvchi Komiljon Shermatov “Chang” sinfi bо‘yicha, dotsent Rustam Abdullayev “An’anaviy qо‘shiqchilik”, dotsent Rudakiy Allanbayev “Vokal va estrada xonandaligi” bо‘yicha “mahorat dars” larini olib borishdi. 25-may kuni “Poyi Kalon” majmuasida 19:00 dan 21:30ga qadar “Talabalar kamer orkestri” tomonidan tayyorlangan rang-barang konsert dasturi mehmonlarga namoyish etildi. 26-may kuni О‘zbekiston musulmonlar idorasi Buxoro shahar “Abu Havs Kabir” jome’ masjidi, xazrati Imom qabristonida joylashgan О‘zbekiston xalq artisti, buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi, taniqli kompozitor, О‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi muallifi Mutavakkil Burxonov qabrlari ziyorat qilindi. “Sitorai Mohi-Xossa” xalq amaliy bezak san’ati muzeyi, “Xо‘ja Bahouddin Naqshband” ularning onalari hamda ustozlari qabrlari “Sayyid Mir Kulol” ziyoratgohlari ziyorat qilindi.


26-may kuni “Labi Hovuz” majmuasida konsert dasturi namoyishi davom etdi. Konsert dasturi xalqimiz va chet eldan tashrif buyurgan mehmonlarda katta tassurot qoldirdi. Ijodiy guruhga Buxoro viloyat hokimining maxsus diplomi, estalik hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Buxoro viloyat hokimi о‘rinbosari J.Nosirov Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining xor jamoasi bilan birgalikdagi konsert dasturini yuqori baholab kelgusida shunday ijodiy hamkorligimiz davom etishi haqida rejalashtirildi.

Biz institut professor-о‘qituvchilari hamda “Talabalar kamer orkestri” ishtirokchilari ushbu festivalda ishtirok etishimizda moddiy yordam kо‘rsatgan Buxoro viloyat hamda shahar hokimligiga, Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasiga va Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi rahbariyatiga hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyatiga о‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

F.Hakimova,
“Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi
katta о‘qituvchisi