Xayriya konserti

Xayriya konserti

Bugun 30 yanvar kuni Toshkent shahri Yashnaobod tumanidagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko’zi ojizlar maktab internatida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” talim yo’nalishi 3-kurs talabasi Abror Abduhakimov rejissyorligida hamda MY5 telekanali bilan hamkorlikda “Yoshlik” lahzalari deb nomlangan xayriya konserti o’tkazildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Xayriya konsertida mashhur o’zbek estrada yulduzlari Tohir Sodiqov, Firdavs Fazliddinov, Shahzoda, “Maroqand” guruhi, Rushana, Sanjar Xoliqov, Asqar Umarxon va boshqa iste’dodli yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir o’zgacha shukuhlarga boy bo’lib, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari ham faol bo’lishdi. Xayriya va yaxshiliklar umrimizni bezaydi. Mana shunday go’zal insoniylik fazilatlari bizni tark etmasin!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Kafedra mudiri: Jahongir Mamatqosimov

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati