Hamkorlikning yangi ufqlari

Hamkorlikning yangi ufqlari

2016-2019 yillarda bajarilishi mо‘ljallangan “О‘zbekiston oliy ta’lim tizimida doktorantura ta’limining sifatini oshirish” (UzDOC 2.0: Furthering the Quality of Doctoral Education Institutions in Uzbekistan) mavzusidagi Erasmus+ dasturi loyihasi bо‘yicha о‘tkaziladigan ilmiy seminarda ishtirok etish uchun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda institutning Nukus filialidan Gulnoza Aripova, Baxtiyor Yakubov, Umida Ibragimova, Aydos Otepbergenovlar 2019 yilning 1-4 iyul kunlari Namangan davlat universitetiga jо‘nab ketishdi.
Ushbu seminar loyihaning asosiy maqsadi bо‘lmish О‘zbekistonda doktorantura ta’limini rivojlantirish va xalqaro talablar asosida yangi bosqichga kо‘tarishning tizimli tadbirlaridan bо‘lib, unda qatnashuvchilar xorijlik mutaxassislar tomonidan о‘tkaziluvchi seminar-treninglar vositasida xalqaro tajribalarni о‘zlashtirishadi hamda ilmiy rahbarlar va doktorantlarga berilgan sо‘rovnomalar asosida О‘zbekistonda bugungi kundagi doktoranturaning holati, istiqboli masalalari о‘rganilib, uni yanada rivojlantirishga oid muhim xulosalar chiqariladi.


О‘zbekistondagi turli yо‘nalishlarda tadqiqot olib borayotgan doktorantlar hamda rahbarlar ishtirokida о‘tkazilayotgan ushbu seminarda xorijiy eng ilg‘or tajribalarni ilm-fanning barcha tarmoqlariga tatbiq etish hamda integrallashuv jarayoniga hissa qо‘shish muhim ahamiyat kasb etadi.