Assalom-u alaykum, aziz va qalbi qaynoq talaba-yoshlar. Endilikda o’z ijod namunalaringizni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam ravishda e’lon qilib boramiz! Faollikni qo’ldan boy bermang!
O`ZBEKISTONIM
Yana bir bahorni qarshi oldim men,
Dunyo go`zalligin anglab yetdim men.
Bir ne`mat oldida arzimas jon, tan
Buyuksan, mo`tabar muqaddas vatan.
Tuprog`ing yuzimga surtaman takror,
Bag`ringda yeldayin chopaman vatan.
Madhingni kuylayin bo`ldim bastakor,
Tarifingga so`zlar yetmaydi vatan
Noming abadiydir o`chmas dillardan,
Ona tiling aslo tushmas tillardan.
Senga baxshidadir bu aziz jonim,
Bunchalar go`zalsan O`zbekistonim!
- Bunyodjon SHUKUROV
- “Madaniyat va san`at muassasalarini
- tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo`nalishi 1-kurs talabasi