Ijod maktabi bilan hamkorlik

Ijod maktabi bilan hamkorlik

Ijod maktabi bilan hamkorlik
O‘tib borayotgan 2020-yil O‘zbekiston davlat sa’at va madaniyat instituti jamoasi uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi.
Ijod maktabi bilan hamkorlik
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan tuzilgan ijodiy hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, 25-dekabr kuni maktabning qutlug‘ 1 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Abdulla Qodiriy shaxsi va ijodining Muhammad Yusuf she’riyatiga ta’siri” mavzusida ko‘chma ijodiy mashg‘ulot tashkil etildi. Ijod maktabi bilan hamkorlik

Mazkur tadbirda institutimiz professor-o‘qituvchilarining Abdulla Qodiriy va Muhammad Yusuf ijodini sahnaviy talqinlari va ilmiy tadqiq etish borasidagi vazifalar xususidagi taqdimotlari hamda talabalarimizning ikki buyuk ijodkor yaratgan qahramonlar nutqiga oid monologlarning jonli ijro etilishi maktab o‘quvchilarida Abdulla Qodiriy va Muhammad Yusuf ijodi bilan yanada yaqindan tanishishga qiziqish uyg‘otdi.
Ijod maktabi bilan hamkorlik
Ushbu tadbir O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi va A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi uchun yangi innovatsion g‘oyalar bilan ishlashga katta qanot bo‘ldi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print