Ziyobaxsh nazm-navolar sarvari

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida buyuk mutafakkir, sohir sо‘z san’atkori, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan “Ziyobaxsh nazm-navolar sarvari” nomli badiiy kecha  bо‘lib о‘tdi. Tadbirda institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, mehmon san’atkor, О‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov sо‘zga chiqishib ulug‘ bobomizning yodi, shaxsi va betakror ijodi borasida tо‘lqinlanib gapirishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Kechaning badiiy qismida gо‘zal jonli ijrolar yangradi. О‘zbekiston xalq artisti О‘lmas Rasulov musiqasi “Sarvinoz”, Lazizbek Hasanov “Guluzorim”, Mansur Mamirov “Chо‘li iroq”, О‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov “О‘ynar”, Bahodir Saidov “Savti Feruz” kabi xonishlar qalblarni larzaga keltirdi. “Ravshan va Zulxumor” musiqali dramasidan Rahmatilla G‘aybullayev va Sitora Umarovaning sevgi kuyi tarannum etilgan dueti taqdim etildi. Tadbir O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Oybek Hamroqulov go’zal qo’shiqlarini ijro etdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Nazm va navo kechasida iqtidorli talabalar ijrosida ruboiylar, g‘azallar kompozitsiyasi barchani lol qoldirdi. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodining beqiyos olami, yuksak badiiyat chо‘qqisi serjilo tasvirini topdi.

Ziyobaxsh nazm-navolar sarvari
Tadbir ssenariysi muallifi О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Isoqtoy Jumanov, musiqa rahbari О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, rejissyorlar Sherzod Muhammadiyev, Begzod Mirzayev, boshlovchilar Orif Qudratov, Laziza Botirova, badiiy rahbar Ernazar Yorbekov kabi ijodiy jamoaning mehnatlari olqishlarga sazovor bо‘ldi. Badiiy kecha ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilib borildi.
Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy shaxsi va boqiy ijodi qalblarimizda mangu yashaydi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print