DOLZARB MAVZUDAGI ILMIY SEMINAR

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Kuni kecha 6 fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mustaqil izlanuvchisi “Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi Kurbanova Aziza Tolibovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Bо‘lajak san’at va madaniyat xodimlarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasining dastlabki himoyasi (seminari) bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Semenar raisi san’atshunoslik fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov yosh olima Kurbanova Aziza Tolibovnaning tadqiqot ishi zamonaviy pedagogikaning ana shunday muhim masalalarni о‘rganishga qaratilganligi bilan bugungi kunda nihoyatda dolzarbligini e’tirof etdilar. Ayniqsa, san’at va madaniyat xodimlarini tayyorlashga qaratilgan pedagogikada bu tariqa ilmiy tadqiqotlar nihoyatda muhim bо‘lib, muammolar yechimini izlashda samaradorlik kasb etishini, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga aynan mos ekanligini ta’kidladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ilmiy rahbar pedegogika fanlari doktori, professor Xodjayev Begzod Xudayberdiyevich, taqrizchilar san’atshunoslik fanlari doktori, professor Tojiboyeva Oltinoy Qosimovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Davlatov Oybek G‘aniyevich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Xaytullayeva Nafisa Saxobiddinovnaning ijobiy taqrizlari, seminar ishtirokchilarining ma’qullangan fikrlari va tadqiqotda erishilgan natijalarga asoslanib, Kurbanova Aziza Tolibovnaning “Bо‘lajak san’at va madaniyat xodimlarida axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaning keyingi bosqichlariga tavsiya etildi.
Mazkur jarayonlar mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Jumagul NISHONOVA
institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi

image_pdfimage_print