E’tibor, e’tirof!

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti kafedra mudiri, Isayev Kamoliddin Saidovich va kafedra o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Davronov Bekzod Diyor o‘g‘li  Xalqaro tanlovda lauriyatlikni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 22- aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Mangu osmon” spektaklining premyerasi bо‘lib о‘tgan edi.
E'tibor, e'tirof!
Ushbu sahna asari Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘ida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevga bergan kо‘rsatmalari asosida ishlab chiqilgan dastur dorasida tayyorlandi.
E'tibor, e'tirof!
She’riy-badiiy kompozitsiyalar asosida yaratilgan spektakl Muhammad Yusufning dunyoga kelishidan boshlab, maktab davri, balog‘at yoshi, butun hayoti va ijodini qamrab olgan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan “О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar marabbiyi” faxriy unvoni sohibi, professor, sahnalashtiruvchi rejissyor Hamida Mahmudova rahbarligida tayyorlangan spektaklda rollarni Teatr san’ati fakulteti talabalari ijro etishdi.
E'tibor, e'tirof!
О‘ziga xos tarzda qisqa fursatda yuksak mahorat bilan yaratilgan asar О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan yuqori baholanib, “Mangu osmon” spektaklini sahnaga olib chiqishda fidoyilik kо‘rsatgan ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, “О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni sohibi Hamida Mahmudovani moddiy rag‘batlantirish haqida aytgan edi.
E'tibor, e'tirof!
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Hamida Mahmudovaga 5 000 000 sо‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlash tо‘g‘risidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi. Institut jamoasi Hamida Mahmudovaning ushbu sahna asarini yuqori baholab, yoshlar murabbiyining bundan keyingi pedagogik va ijodiy faoliyatiga omadlar tiladi.
E'tibor, e'tirof!
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-maydagi Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari hamda о‘tkazilgan majlisning 35-sonli bayoni, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi stipendiya joriy etildi.
E'tibor, e'tirof!
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev ta’sis etilgan”Muhammad Yusuf” nomidagi ushbu stipendiya kо‘rik-tanlovi g‘oliblarining nomini tantanali ravishda e’lon qildi. Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Ubaydullayev Oltinbek Olim о‘g‘li, Teatr san’ati mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Bobomurodov Shavkat Dо‘stmuhammad о‘g‘li ushbu stipendiyaga munosib deb topildi.
E'tibor, e'tirof!
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodini abadiylashtirish, uni bugungi yosh avlod, xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Ayni paytda institut jamoasi tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodini о‘zida mujassam etgan badiiylashtirilgan hujjatli filmni tasvirga olish ishlari yakunlanib, montaj jarayonlari olib borilmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print